Toshkentlik uch firibgar qashqadaryolik otaxonni 12 ming dollarga “uxlatishdi”

Jamiyat

image

Toshkentlik uch shaxs qarshi shahrida yashovchi fuqaroni 12 ming AQSH dollariga aldab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Joriy yilning 22 may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar IIBga hujjatlar tushgan.

Unga ko‘ra, 2018 yil oktyabr oyi oxirida Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 62 yoshli S.A. ismli ayol, shu tumanda yashovchilar 30 yoshli Sh.T. va K.O. Qarshi shahridagi “Bahor” choyxonasida, Maxsumobod mahallasida yashovchi 67 yoshli N.X.ga 2018 yil dekabr oyiga qadar Qozog‘iston Respublikasidan chorva mollarini olib kelib berishlikni aytadi.

Shundan so‘ng, aldov yo‘li bilan undan 12 000 AQSH dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A., Sh.T. va K.O. ushlangan. Ayni  paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing