Samolyot bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
08 yanvar
6107Kecha, 7 yanvar kuni Toshkent shahrida samolyot bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.
Qayd tilishicha, holat 2024 yil 31 dekabr kuni Sochi – Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyot bortida sodir bo‘lgan. Unda 1985 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi J.E. mast holda ushbu reysda xizmat ko‘rsatayotgan Uzbekistan Airways bort kuzatuvchi qizi tanasining yonboshini bir necha marta ushlab, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud majlisida J.E. mast holda bo‘lgani sababli qo‘lidan tushib ketgan narsasini poldan olayotganida qo‘li bexosdan o‘tib ketayotgan bort kuzatuvchisining yonbosh sohasiga tegib ketganini aytgan. U bort kuzatuvchiga shilqimlik qilmaganini, bunday holat boshqa qaytarilmasligini va unga yengillik berishni so‘ragan.
Jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatuvida J.E. mast holda bir necha marotaba uni yonboshiga qo‘li bilan teginib, shilqimlik qilganini ta’kidlagan. U yo‘lovchi J.E.ga bunday harakatlarni to‘xtatishni so‘rab tanbeh berganini, J.E. harakatlarini to‘xtatmaganini, uni boshqa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilib, unga qo‘pol muomalada bo‘lishda davom etganini aytib, suddan J.E.ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud J.E.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybli deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida jinsiy aloqa qilishdan bosh tortgan ayolni suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan erkak qamalgandi.
LiveBarchasi