Toshkentga 300 ta katta sig‘imli elektrobus olib kelinadi

Jamiyat

image

“Toshshahartransxizmat” tizimidagi korxonalar harakat tarkibi 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari bilan yangilanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “2021-2023 yillarda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibini yangilash Dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, 2021-2023 yillar mobaynida “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibini 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalari bilan yangilanadi.

Shuningdek, Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat” AJning 2021-2023 yillar davomida har yili 100 donadan, jami 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi.

300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni moliyalashtirish manbayi etib “O‘zsanoatqurilishbank”ning 7 yillik muddatga, bir yillik imtiyozli shartlar bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, “O‘zsanoatqurilishbank”ning 0,5 foizdan ortiq bo‘lmagan marjasi qo‘shilgan holda ajratiladigan kredit mablag‘lari hisoblanadi.

Kredit mablag‘larini qoplash, foizlar, komissiyalar va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lash respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Moliya vazirligiga “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 300 dona katta sig‘imli elektrobuslar va quvvatlash uskunalari xaridi uchun kredit mablag‘lari ajratilishida mablag‘lar taqchilligi yuzaga kelganda, Moliya vazirligi G‘aznachiligining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda “O‘zsanoatqurilishbank”ga  joylashtirilishi huquqi beriladi.

Qayd etilishichA, katta sig‘imli elektrobuslar va quvvatlash uskunalari modeli tender natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan tender ishtirokchisining taklifi asosida aniqlash ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat elektrobus

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing