Toshkentdan Londonga uchgan yo‘lovchilarning yuklari qolib ketdi
Jamiyat
−
29 avgust 2022
17734Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdan Londonga uchgan samolyot yo‘lovchilarining bagaji boshqa joyga uchirib yuborilgani haqida xabar tarqaldi. “Uzbekistan Airways” AJ mazkur holatga munosabat bildirdi.
28 avgust kuni Toshkent – London yo‘nalishidagi HY-201 aviaqatnovida yo‘lovchilar yuklari o‘z manziliga yetkazilmagan. Bunga Airbus 320neo havo kemasining cheklangan tijorat yuklanishi sabab bo‘lgan.
“Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 o‘rinni tashkil etadi, bu esa 2210 kg miqdorida bo‘lganligini anglatadi. Ayni paytda HY-201 reysi yo‘lovchilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, 30 avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga yetkaziladi. Shuni ta’kidlash kerakki, yuk barcha yo‘lovchilarga yetkazib berish xizmati tomonidan ko‘rsatilgan manzilga bepul yetkazib beriladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun HY-201 aviaqatnovi yo‘lovchilaridan aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasi 02070342090 raqami yoki elektron manzillari Lon@uzairways.com va London@uzairways.co.uk manzili orqali murojaat qilishlari so‘ralgan.
Kompaniya yuklarni yetkazib berolmay, kedtirgan noqulayligi uchun uzr so‘ragan
LiveBarchasi