Toshkentdan Guanchjouga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

3-sahifa

image

“Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent – Guanchjou – Toshkent yo‘nalishidagi reysi samolyotni chaqmoq urishi sabab kechiktirildi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa avvalgi reysni amalga oshirish vaqtida yuz bergan. Shundan so‘ng, havo kemasi xavfsizlik talablari va amaldagi aviatsiya standartlariga muvofiq zudlik bilan parvozlardan chetlashtirilgan hamda texnik ko‘rik, diagnostika va tiklash ishlari boshlangan.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, aviakompaniya mazkur yo‘nalish uchun boshqa havo kemasini jalb qilishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, majburiy kutish davrida barcha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan va uch mahal ovqat bilan ta’minlangan.

Yangilangan jadvalga ko‘ra, C6512D Guanchjou – Toshkent reysi kecha, 18 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da uchib, Toshkentga bugun, 19 may kuni soat 00:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uzbekistan Airways”ning Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi HY272 reysi texnik sabablar tufayli ortga qaytgani haqida xabar berilgandi. Parvoz vaqtida salon va kabinadagi bosim beqarorligi bo‘yicha signalizatsiya ishga tushgani sababli, ekipaj samolyotni xavfsizlik nuqtai nazaridan Istanbul aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot chaqmoq Centrum Air kechiktirildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing