Toshkentdagi “zoopark”da sherlar qorovulni yeb qo‘ydi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan  hayvonot bog‘ida 3 ta sher bog‘ qorovulini yeb qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ  so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat bugun, 17 dekabr kuni soat taxminan tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. Hayvonot bog‘ida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib hayvonot bog‘i hududiga chiqib ketgan. Sherlarni 1980 yilda tug‘ilgan qorovul I.F. katakka qaytarmoqchi bo‘lgan. Oqibatda yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni o‘ldirib, yemish sifatida tana a’zolarini iste’mol qilgan.

Mazkur holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalar qo‘llanilgan holda katakka qaytarilgan, 1 ta sher mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Shu kuni soat 10:00 da voqea joyiga tuman IIB navbatchilik guruhi, tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari va IIB maxsus qurollangan jangovar guruhi chiqib, voqea joyi va marhumning jasadi qoldiqlari ko‘zdan kechirilgan hamda STE va DNK ekspertizalari tayinlangan.

Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ular joy-joyida ekanligi va kataklar mahkamlangan holdaligi aniqlangan.

Hozirda Parkent tuman prokuraturasi, tergov-tezkor guruhi va ekologiya vazirligi hamda “Toshkent hayvonot bog‘i” DM mutaxassislari tomonidan zarur tekshiruv va surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qorovul 3 ta sher

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing