Oltin markazi qorovulini do‘pposlaganlar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
24 avgust
12128Oldinroq, Toshkent shahrida joylashgan Oltin markazining qorovuli o‘lasi qilib kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Ushbu mushtlashuvni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 23 avgust kuni Chilonzor tumanidagi Oltin markazi oldida 1984 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh nazorati xodimlari joy yo‘qligini ma’lum qilgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan.
Shundan so‘ng A.Sh. o‘zining tanishlari 1986 yilda tug‘ilgan S.Sh., 1982 yilda tug‘ilgan R.N., 1979 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1989 yilda tug‘ilgan S.M.larni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘targan. Ular Oltin markazida qorovul bo‘lib ishlovchi 1986 yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981 yilda tug‘ilgan A.K.larni urgan vaqtida, markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995 yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Oqibatda ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I.ni ham urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi