Buxoroda qorovul 60 ming so‘m evaziga maktabda fohishaxona tashkil qildi
3-sahifa
−
08 noyabr
28369Buxoro viloyati Shofirkon tumanida qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab sport zalining kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qildi. Unga ushbu qilmishi uchun 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni soat taxminan 21:00 larda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 38-son IDUMning qorovuli maktab sport zalining kiyim almashtirishga mo‘ljallangan xonasini intim aloqa qilish uchun ijaraga bergani aniqlangan. Ushbu xizmat uchun u mijozlardan 60 ming so‘m pul olgan. Shofirkon tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbirlar natijasida qorovul pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan olgan. Sud hukmi bilan qorovul O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga bir yil muddatga ozodlikni cheklash tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlangandi. U buning evaziga o‘z mijozlaridan 200 ming so‘mdan pul olib kelgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi