Toshkentda tilla markazi qorovulini do‘pposlab ketishdi (video)
3-sahifa
−
23 avgust
15939Toshkent shahrida joylashgan Oltin markazining qorovuli o‘lasi qilib kaltaklangani haqida QALAMPIR.UZ'ga murojaat kelib tushdi. Murojaatda tilla buyumlar markazi qorovuli avtomobil qo‘yish joyidan “boyvachchalar” uchun joy topib berolmagani tufayli do‘pposlab ketilganini bildirdi.
Holat yuzasidan tahririyat shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, holat bugun, 23 avgust kuni haqiqatdan ham poytaxtning Chilonzor tumanidagi Oltin markazida sodir bo‘lgan. Savdo markazi oldida bir nechta fuqarolar Malibu mashinasida avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargohning nazoratchi xodimi 1995 yilda tug‘ilgan J.I. joy yo‘qligini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng avtomashinada kelgan fuqarolar va nazorat bo‘limi ishchisi o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan. Oqibatda ushbu transport vositasida kelgan fuqarolarning tanishlari J.I.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
LiveBarchasi