Toshkentdagi YTHda 38 yoshli piyoda halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 31 yanvar kuni taxminan soat 20:15 da Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Oxangaron ko‘chasida (“Shosh” restorani qarshisida) 26 yoshli B.M. boshqaruvidagi Nexia avtomobili 38 yoshli piyoda S.M.ni urib yuborgan. Bu xaqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yuz bergan YTH oqibatida piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormasdan vafot etdi.

Haydovchi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolganligi YTHning taxminiy sababi deb aytilmoqda.

Ushbu fakt asosida JK 266 moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing