Toşkentdagi yangi qurilayotgan binoda yonğin çiqdi (video)
3-sahifa
−
18:20 525 1 daqiqa
Bugun, 2 noyabr kuni Toşkent şahrining Olmazor tumanida qurilayotgan binoda yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 13:53 da Yangi Olmazor köçasida joylaşgan yangi qurilayotgan binodan qora tutun çiqayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruv ekipajlari yonğinni soat 14:00 da töliq bartaraf etgan.
Aniqlanişiça, yonğin oqibatida binoning taşqi poydevor qismini qoplaş uçun işlatilayotgan polizol materiali yonib, zararlangan.
Bildirilişiça, hodisa natijasida jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi kafeda yonğin sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr