Toshkentdagi yana uchta “zapravka”da sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
3-sahifa
−
04 noyabr
2837Toshkent shahridagi 3 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.” va “O.O.” MCHJga qarashli 2 ta AYOQSHda sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-80 va AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz ekani) aniqlangan. Bu kabi holat Yangihayot tumanida “F.G.S.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham aniqlangan. Unda neft mahsuloti sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlar kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “S.G.O.” MCHJga qarashli AYOQSHda sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92 va AI-95-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgandi.