Toshkentdagi uylardan birida gaz portlab ketdi
3-sahifa
−
26 fevral 5306 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26 fevral kuni soat 17:37 da Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani “Do‘stobod” MFY Mahtumquli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan. Zudlik bildan aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Bildirilishicha, chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jaroxati olib, shifoxonaga yuborilgan. Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda hodisa sodir bo‘lgan manzildagi yuqori qavatli uyda hayot faoliyati davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi xonadonlardan birida gaz chaqnagan edi. Chaqnash oqibatida II guruh nogironi I. T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr