Toshkentdagi to‘ylarda karantin qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

Jamiyat

image

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha taklif berilmoqda. 

Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent  shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. 

Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Shtab yig‘ilishida poytaxt Toshkentda to‘y, maraka va marosimlarni o‘tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazoratni qat’iylashtirish belgilandi.

Ayni vaqtda respublika bo‘ylab to‘ylarni 30 kishilik cheklangan miqdorda o‘tkazish tartibi hamon amal qilib kelmoqda. 

Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:

•    sport musobaqalarini tomoshabinsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi;

•    epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

to'y Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing