Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi
Jamiyat
−
13 iyul
5278Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan.
Unda hukumat qarori bilan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromad manbai oshishiga xizmat qiladi.
Bunyodkorlik ishlari davomida Taras Shevchenko ko‘chasida yoritish ustunlarini, o‘rindiqlar va chiqindi urnalarini o‘rnatish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, fotozonalar uchun dekorativ elementlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etish, bolalar o‘yingohi va ko‘rgazmali sahna o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi