Toshkentdagi shifoxonaga murojaat etish uchun propiska talab etiladimi? 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori, professor Bahrom Almatov Toshkent shahrida shifoxonalar bemorlarni qabul qilishda propiska omili haqida gapirdi.

"O‘zbekiston fuqarosi manzilidan qat’i nazar, agar zarurati bo‘lsa, yaqindagi davolash muassasalariga murojaat etishlari mumkin. U yerda birinchi yordam ko‘rsatiladi. 

Agarda koronavirus infeksiyasiga gumon qilinadigan bo‘lsa, barcha davolash muassasalarimizda kasallikni o‘z vaqtida erta aniqlash, hamda tashhis qo‘yish bo‘yicha mutaxassislarimiz tayyorgarlikdan o‘tgan", deya javob berdi Bosh sanitariya vrachi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 22 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

propiska

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing