Toshkentdagi savdo markazida ikki fuqaro o‘zaro janjallashdi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 4 iyul kuni taxminan soat 19:30 larda Chilonzor tumanidagi savdo markazlarining birida, oldindan tanish bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan A.O. va 1990 yilda tug‘ilgan F.U. qarz masalasida tortishib, o‘zaro janjallashib ketgan.

Xabarda keltirilishicha, janjalga ularning 2007 yilda tug‘ilgan F.O. ismli tanishi aralashib, bir-birini qo‘l va oyoqlari bilan urgan. Voqea joyiga PPX xodimlari yetib kelib, janjal to‘xtatilgan. Shuningdek, tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘qligi aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanib, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda gul sotuvchisiga qo‘l ko‘tarib, janjal ko‘targan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'zaro janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing