Toshkentdagi omborda yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
24 avgust
6066Bugun, 24 avgust kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi omborxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 09:41 da tumanning Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birining omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
“Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:48 da yetib borib, yong‘in qurshab olingan va bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i, polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 28 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxona portlashi oqibatida hududda yong‘in chiqqandi. Portlashda 17 yashar bola qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi