Toshkentdagi omborda chiqqan yong‘in o‘chirildi (video)
3-sahifa
−
24 avgust
4130Bugun, 24 avgust kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi omborxonada yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi. Yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY, Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birining omborxonasida sodir bo‘lgan yong‘inga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:48 da yetib borib, soat 11:07 da yong‘inni o‘rab olgan va soat 11:28 da bartaraf etilgan.
“Omborxonaning taxminan 5000 kvadrat metr maydoni saqlab qolindi. Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnikalar jalb etilgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 28 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxona portlashi oqibatida hududda yong‘in chiqqandi. Portlashda 17 yashar bola qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi