Toshkentdagi mebel sexida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
18 Sentabr
3623Bugun, 18 sentyabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 07:58 da qurshab olinib, soat 08:56 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Toshkent shahar FVB boshlig‘i nazoratida amalga oshirildi. Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi bo‘yoq zavodida yong‘in sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi