Toshkentdagi mehmonxonada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
15 fevral
5541Toshkent shahrining Olmazor tumanida 17 yoshli qizni mehmonxonaga olib borib, shahvoniy harakatlar sodir etgan va qizga yengil jarohat yetkazgan erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud qarori bilan tanishdi.
Sud hujjatiga ko‘ra, holat o‘tgan yilning 28 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan A.G‘. ismli erkak 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizni Olmazor tumanidagi mehmonxonaga olib borib, shahvoniy harakatlar sodir etgan. Qiz uning tanishi bo‘lgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, qizga yengil jarohat yetkazilgan.
Joriy yilning 13 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda erkak bo‘lib o‘tgan voqeani tasdiqlagan. Biroq qizning voyaga yetmaganini bilmagani, qolaversa, qiz mehmonxonaga o‘z xohishi bilan borganini aytgan. U, shuningdek, yomon niyati bo‘lmagani, qilgan ishidan pushaymonligi, oilaviy va moddiy sharoitini inobatga olib, yengillik berishni so‘ragan.
Sud qarori bilan A.G‘. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik) va 52-moddasi 2-qismi (qasddan yengil tan jarohati yetkazish)da aybdor deb topildi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 2 baravari, ya’ni 750 ming so‘m jarima tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizning yuzidan silab, boshidan o‘pib, shahvoniy shilqimlik sodir etgan erkak qamalgandi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 14 yoshli bolaga shilqimlik qilgan 28 yoshli erkak ham 5 sutkaga qamalgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
