Toshkentdagi masjidda mojaro ko‘targan fuqaro qamaldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 iyun kuni Olmazor tumanida joylashgan “To‘xtaboy” jome masjidida 1980 yilda tug‘ilgan Fozilxo‘ja Arifxo‘jayev janjal ko‘tarib, jamoat tartibini va fuqarolar tinchligini buzgan. Bu haqda ichki ishlar organlariga masjidga kelgan fuqarolar ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor sudiga taqdim etilgan. Sud Fozilxo‘ja Arifxo‘jayevni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (“Mayda bezorilik”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Tekshiruv jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga Fozilxo‘ja Arifxo‘jayevning uyali aloqa vositasida shubhali diniy mazmundagi materiallar mavjudligi va ularni boshqa fuqarolarga namoyish etganligi haqida xabar kelib tushgan. Mazkur materiallarning xususiyatiga aniqlik kiritish maqsadida telefon apparati protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan, diniy mazmundagi materialni tekshirish uchun dinshunoslik ekspertizasi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, Fozilxo‘ja Arifxo‘jayevning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Fozilxo‘ja Arifxodjayev” nomli profiliga joylashtirilgan ayrim materiallar diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar sirasiga kirishi aniqlangan. Ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Fozilxo‘ja Arifxo‘jayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

795

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing