Toshkentdagi mahallalarga 500 mlrd ajratiladi

Jamiyat

image

Joriy yilda Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga byudjetdan 500 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtda qurilayotgan yangi loyihalar bilan tanishish davomida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, davlat tomonidan mahallalarda biznesni rivojlantirishga 476 milliard so‘m kredit va subsidiyalar beriladi. Ushbu mablag‘lar hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, mahalladagi eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal masalalarga hamda tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirilishi aytildi.

Toshkent shahar hokimligiga shu paytgacha birorta investitsiya loyihasi bo‘lmagan 271 ta mahalla uchun loyihalar shakllantirib, ularga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha topshiriq berildi. Yangi sanoat loyihalarini ishga tushirib, shahar eksportini 2 barobarga oshirish mumkinligi qayd etildi.

Mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan suhbatda davlat rahbari ularning eng asosiy vazifasi ish samaradorligini oshirish, mahallalarda har bir oila holidan xabardor bo‘lib, “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlariga kiritilganlarga har tomonlama yordam berish, inson qadrini ulug‘lash ekanini ta’kidladi.

Mahallalarda qurilishi rejalashtirilgan ijtimoiy inshootlar loyihasi ham ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

mahalla

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing