Toshkentdagi mahallalarda yana bir mahsulot savdosiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
20 aprel 2020 12706 1 daqiqa
Toshkent shahridagi mahallalarda qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat berildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Bahorgi ne’matlar yetilmoqda. Hozir ayni qulupnay mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahrining barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat beriladi”, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahriga qulupnay olib kiruvchilar va ularning transport vositalariga sharoit yaratiladi.
Avvalroq, poytaxtdagi mahallalarda mavsumiy nooziq-ovqat mahsulotlarining ko‘chma bozorini tashkil qilishga ruxsat berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr