Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasini qurilish va ta’mirlash ishlari doirasida uning bir qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Cho‘pon ota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan (“Birodarlik qabrlari” yodgorligi) to Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha (Grand Mir mehmonxonasi aylanasi) bo‘lgan qismi joriy yil 24 avgustdan 31 avgustga qadar yopildi.

Poytaxt Transport bosh boshqarmasiga ko‘ra, yo‘l yopilishi tufayli ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtincha quyidagicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilgan:

  • 12, 45-sonli yo‘nalishlar harakati Bobur, Kichik halqa yo‘li, Qushbegi, Muqimiy, Bobur ko‘chalari orqali bir tomonlama aylanma ko‘rinishda;
  • 18-sonli yo‘nalish harakati Muqimiy, Arnasoy, Cho‘pon ota ko‘chalari orqali;
  • 33-sonli yo‘nalish harakati Cho‘pon ota S. Sirojiddinov, Shoxjaxon, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 126-sonli yo‘nalish harakati Sh. Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i Bo‘ston, At-Termiziy, O‘rikzor, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 69, 114-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa yo‘li orqali Bog‘i Bo‘ston va Cho‘pon ota ko‘chlari orqali harakatlanmagan holda;
  • 38, 40, 57, 58-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa Janubiy vokzal bekatidan Kichik halqa yo‘liga harakatlangan holda;
  • 67-sonli yo‘nalishning ikki tomonlama harakati Shahrisabz, Oybek, Nukus, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 81, 98-sonli yo‘nalishlar Yusuf Xos Hojib, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 2, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Sh. Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi qismi orqali o‘zgartirildi.
  • 135-sonli yo‘nalish harakati Muqimiy ko‘chasidagi “Muqimiy ko‘chasi” bekatida qisqartirildi.

Maqola muallifi

Teglar

qurilish ta'mirlash Shota Rustaveli ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing