Toshkentdagi ko‘chalardan birida yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

−

15 Avgust 2024 visibility4859 timer1 daqiqa

image

Bugun, 15 avgust kuni Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 12:16 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “O‘rta-Masjid” mahallasida sodir bo‘lgan. Hududlarning birida ochiq maydonda chiqindi va shox-shabba  yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da yong‘in o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda xonadon va unga tutash kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing