Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Toshkentdagi konda BelAZ yonib ketdi. Xodim halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi “Angren” ko‘mir konida avtoag‘dargich ag‘darilib, yonib ketishi oqibatida uning haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekko‘mir” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 mart kuni soat 10:15 larda “Angren” ko‘mir konida BelAZ rusumli avtoag‘dargich tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida orqaga sirpanib, ag‘darilib ketgan va alangalanish ro‘y bergan.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga tezlik bilan yetib borgan va yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan avtoag‘dargich haydovchisi A.A. ga korxona tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam berilgan va shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, haydovchi shifoxonada vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda ko‘mir konida ro‘y bergan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Angren ko'mir koni BelAZ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing