Yakutiyadagi ko‘mir konida portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
12:23 841 1 daqiqa
Bugun, 26 sentyabr kuni Rossiyaning Yakutiya o‘lkasidagi Elga ko‘mir koni hududida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika prokuraturasi xabar berdi.
“Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, nasos stansiyasida payvandlash ishlarini olib borish chog‘ida portlash yuz bergan”, deyiladi xabarda.
Prokuratura tekshiruv boshlagan va hodisa sabablarini aniqlamoqda. Voqea joyida tergovchilar ishlamoqda. Qurilish va boshqa ishlarni olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, Elga koni – ko‘mir zaxiralari bo‘yicha Rossiyadagi eng yirik kon hisoblanadi. U Yakutiyaning janubi-sharqiy qismida, Neryungri shahridan taxminan 400 kilometr sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudanning G‘arbiy Kordofan provinsiyasida joylashgan “Al-Zara” oltin konining o‘pirilib tushishi oqibatida kamida 67 kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi