Kolumbiyadagi konda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
15:11 341 1 daqiqa
Kecha, 14 avgust kuni Kolumbiyaning markaziy qismida joylashgan Kundinamarka departamentidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lib, olti nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda “sarawaktribune” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Kukunuba shahridagi “El Porvenir 1” konida yuz bergan. Qutqaruv ishlari yakunlanganidan so‘ng kon ichida qolib ketgan olti kishining jasadi topilgan.
Kundinamarka gubernatori Xorxe Emilio Reyning bildirishicha, mazkur kon maxsus zaxira hududi tarkibiga kiradi va hozirda uni rasmiylashtirish jarayoni davom etmoqda.
Qayd etilishicha, kon yaqinda Milliy kon agentligi tomonidan tekshirilgan. Tekshiruv davomida xavfsizlik bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan va ularni bartaraf etish uchun ishlarni vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilingan.
Gubernatorning aytishicha, shunga qaramay, konda ishchilar nima sababdan foydali qazilma qazib olish ishlarini davom ettirgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi. Xodimlar taqiqqa qaramay ishlagani holatiga oydinlik kiritish uchun tegishli idoralar ish olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Balujiston viloyatidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lib, hodisa oqibatida kamida 32 kishi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi