Toshkentdagi xususiy klinikada erkak tanishini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida xususiy klinikada tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yilda Toshkent viloyatida ikki haydovchi YTH sodir etgan. Ayblanuvchi yelkasidan jarohat olgan. 2024 yilning yozida ayblanuvchining oldiga YTH ishtirokchilaridan birining tanishi kelib, bu ish bo‘yicha apellyatsiya shikoyati bermaslikni so‘ragan. Ayblanuvchi va tanish shaxs o‘rtasida janjal kelib chiqqan va ayblanuvchi uchrashishni taklif qilgan.

Uchrashuv joyiga qo‘li shikastlangan erkak pichoq olib kelgan va tanishiga hujum qilgan. Erkak qochib eng yaqin klinikaga borgan. Ammo shifoxona ichida erkak uni quvib yetib olib, tanasining turli qismiga pichoq sanchgan. Jabrlanuvchi shifokorlarning urinishlariga qaramay voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ushbu shaxsni 97-modda 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida erkak turmush o‘rtog‘i va deyarli 3 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgandi. 1998 yilda tug‘ilgan erkak ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar oqibatida yashash xonadonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda joriy yilning 1 sentyabr kuni tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u yashash uyining xo‘jalik binosida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan kecha, 24 noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent xususiy klinika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing