Toshkentdagi xonadonga o‘t ketdi
3-sahifa
−
05 iyul
5085Joriy yilning 5 iyul kuni toshkent shahrining Yakkkasaroy tumanida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:44 da tumanning Abdulla Qahhor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:52 da voqea joyiga yetib borib, 17:01 da yong‘in qurshab olingan.
Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi