Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 oktyabrdan boshlab Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarishlar yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida kiritilgan. Yo‘nalishi o‘zgartirilgan avtobuslar:

“8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 142-sonli “Tiklanish mahallasi – Katta Hasanboy mahallasi” avtobus yo‘nalishining harakati Tiklanish ko‘chasidagi so‘ngi bekati 472 va 473-uylar qarshisidagi manzilgacha qisqartirildi;

“18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 31-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn- GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining harakati Qoraqamish 4-ko‘chasi bo‘ylab “Nihol mahallasi”ga bormagan holda “Qoraqamish 2/4 mavzesi”gacha qisqartirildi;

“18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 87-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn- GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Beruniy ko‘chasidan Farobiy, Mirzo G‘olib, Qamarniso, Talabalar ko‘chalari orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yo‘nalishdagi harakati o‘zgarishsiz qoldirildi;

“18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 125-sonli “O‘rikzor mavzesi – Do‘mbirabod ko‘chasi bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Zarafshon ko‘chasidan Samarbonu, THAY ko‘chalari orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yo‘nalishdagi harakati o‘zgarishsiz qoldirildi;

“7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 33-sonli “Karvon bozori bekati – Saodat savdo markazi bekati” avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha etib belgilandi;

“2-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 30-sonli “Olmos mahallasi – Toshkent MUM ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati Ohangaron shossesidan Beshariq, Aviasozlar, Hosiyat, Zumrad, Shohimardon, Ohangaron shossesi orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi;

“1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 15-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi – Do‘stlik metrosi ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Munis ko‘chasi hamda “Qo‘yliq 1-mavzesi” bekati orqali THAY bo‘ylab “Qo‘yliq dehqon bozori”gacha, qaytish yo‘nalishida “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatidan THAY, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda tashkil etiladi. Yo‘nalish nomi 15-sonli “Qo‘yliq dehqon bozori – Do‘stlik metrosi ASHB” avtobus yo‘nalishi etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing