Toshkentdagi “Ilhom” teatri ijaradagi binodan haydab chiqarilyaptimi?

Madaniyat-san’at

image

Toshkentdagi ko‘p yillik “Ilhom” teatri yopilishi mumkin. Bu haqda teatrning Telegram-kanalida xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, 7 fevral kuni teatr “Shodlik” mehmonxonasi yangi sohibi "OFELOS PLAZA" MJCHdan binoni bo‘shatib qo‘yish haqida rasmiy maktub olgan.

Teatr faoliyat yuritayotgan hozirgi bino 1976 yilda teatr asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994 yilda xususiylashtirishdan so‘ng teatrdan beg‘araz asosda foydalangan. “Shodlik” mehmonxonasining avvalgi rahbari bilan 2023 yilgacha ijara shartnomasi tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mark Vayl 2007 yil 6 sentyabrda o‘ldirilgandi. Unga uyining pod’ezdida hujum qilingan. Og‘ir tan jarohatlarini olgan 55 yoshli Mark Vayl shifoxonada vafot etgan.

2010 yil 17 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Yoqub G‘afurovni O‘zbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etgani uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi. Jumladan, Yoqub G‘afurov sheriklari Alisher Sattorov va Qahramon Po‘latov bilan “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning o‘limida aybdor deb topilgandi.

O‘tgan yil aprel oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Tojikiston Bosh prokuraturasi so‘rovi bo‘yicha mahkum Yoqub G‘afurovni (Tojikiston fuqarosi, 1973 yilda tug‘ilgan) qo‘shni davlat vakolatli organlari qo‘liga topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom teatri

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing