Toshkentdagi gaz “zapravka”larda nega turnaqator navbatlar paydo bo‘lyapti?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida gaz to‘ldirish shoxobchalarida tirbandliklar yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mazkur holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 23 avgust kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Avval xabar berganimizdek Yunusobod tumanidagi 6 ta gaz to‘ldirish shoxobchalarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan.

“Ta’mirlash ishlari tugatilgunga qadar iste’molchilardan  boshqa gaz to‘ldirish shoxobchalaridan foydalanishini iltimos qilamiz”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing