Toshkentdagi “gaz zapravka”lar faoliyati qayta tiklandi (ro‘yxat)

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 2 fevralidan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi ma’lum qilingan edi. Toshkent shahridagi “gaz zapravka”lar ham bosqichma-bosqich qayta ish boshladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 fevral holatiga ko‘ra, poytaxtda 35 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) faoliyati qayta tiklandi.

“AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi”, deyiladi xabarda.

Quyida Toshkent shahridagi faoliyati qayta tiklangan “gaz zapravka”lar ro‘yxati ilova qilinadi:

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangandagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi davomida bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik gaz miqdori 1 million kub metrdan 5 millionga yetkazilishi ma’lum qilingan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent gaz zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing