Botanika bog‘i yonida Lacetti 2 piyodani urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi Botanika bog‘ini yonida Lacetti mashinasi 2 piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB matbuot kotibi Nilufar Madiyeva QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 23 oktyabr kuni soat 22:10 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan M.A. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodalar 2004 yilda tug‘ilgan A.D. va xuddi shu yilda tug‘ilgan J.M.lar tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz”, deydi Madiyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘lgandi. Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 21 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Cobalt mashinasi Ishtixon tumani “Azamat” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida ko‘chani belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Botanika bog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing