Oqqörğonda 20 dan ortiq qoramolni öğirlab, bozorda sotganlar qölga tuşdi (video)

3-sahifa

−

image

Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida 20 dan ortiq qoramolni öğirlab, bozorlarda sotgan uç kişi qölga olindi. Öğirlangan mollarning umumiy qiymati 200 million sömdan oşgan. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçilar 1989, 1997 va 2000 yillarda tuğilgan fuqarolar bölgan. Ularning kattasi avval Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) uçinçi qismi bilan sudlangan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida joriy yilning 24 oktyabr kuni Oqqörğon tumanida yaşovçi fuqaroning dala maydonidan 10 million sömlik bir boş qoramol öğirlangani aniqlangan. Şuningdek, mart oyida Xonobod mahallasida yaşovçi fuqaroning 20 million sömlik ikki boş qoramoli olib qoçilgan.

Ta’kidlanişiça, uç nafar gumonlanuvçi bu kabi jinoyatlarni muntazam sodir etib kelgan. Ular öğirlangan qoramollarni “Çirçiq” va “Yangiyöl” bozorlarida sotib, pullarni öz ehtiyojlariga sarflagan. Jinoyatlarda foydalanilgan transport vositalari va ularning haydovçilari ham aniqlangan.

Gumonlanuvçilardan biri öz aybiga iqror bölib, şeriklari bilan birga 16 boş qoramolni öğirlab sotganini aytgan. U qilmişidan puşaymonligini bildirib, Oqqörğon aholisidan uzr söragan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) ikkinçi qismi “v”, “g” bandlari hamda uçinçi qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ular qamoqqa olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida ayol kişining yöqotib qöygan telefonidan foydalanib, bank kartasidagi 11,5 mln sömni yeçib olgan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing