Toşkentda havo sifati “xavfli” darajaga yetdi

Bu qiziq

−

image

Toşkent şahrida bugun, 1 noyabrga ötar keçasi havo sifati sezilarli darajada yomonlaşdi. Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça ifloslaniş darajasi yarim tunda eng yuqori nuqtaga yetib, “juda nosoğlom” toifaga kötarildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, keçki soatlarda havo sifati “nosoğlom” darajada bölgan, soat 22:00 dan keyin esa “juda nosoğlom” toifaga ötgan. Tungi soat 00:00 da ifloslaniş eng yuqori darajaga yetgan, şundan söng asta-sekin pasaygan. Biroq ertalab ham havo sifati “nosoğlom” darajada saqlanib qolgan.

Milliy havo sifati indeksi böyiça şaharda PM2.5 körsatkiçi “zarğaldoq”, PM10 esa “qizil” darajada qayd etilgan.

Havo sifatining yomonlaşişiga haroratning pasayişi, tun davomida kuzatilgan harorat inversiyasi va şamolning juda sustligi sabab bölgan. Şamol tezligi sekundiga 1 metr atrofida bölib, bu ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini çeklagan va PM zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişiga olib kelgan.

Şuningdek, tungi vaqtda Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tahliliy laboratoriyasi mutaxassislari şaharning yetti tumani - Uçtepa, Şayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Yaşnobod va Sergelidagi yettita nuqtada atmosfera havosini instrumental ölçovdan ötkazgan. Kuzatuv natijalariga köra, PM2.5 körsatkiçi xalqaro AQI böyiça “xavfli” toifaga mos kelgan.

Prognozlarga köra, bugun, 1 noyabr kuni Toşkentda havo sifati xalqaro AQI böyiça 150–195 körsatkiç bilan “nosoğlom”, milliy indeks böyiça esa “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda. Keçki soatlarda ham havo sifati AQI 160–190 körsatkiç bilan “nosoğlom” darajada saqlanişi mumkin.

Maxsus komissiya körsatmasiga asosan, hokimliklarga havo sifatini yaxşilaş maqsadida favvoralarning muntazam işlaşini ta’minlaş, şuningdek, köçalar va yöl böylarini tizimli ravişda yuviş topşirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing