Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 2 oyga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi sababli 2 oyga yopiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylantirilmoqda. Bundan tashqari, ko‘chaning infratuzilmasi ham o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga moslashtirilmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 18 oktyabr soat 14:00 dan 20 dekabrga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan,  Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi sabab joriy yilning 16 oktyabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirzo Ulug'bek tumani “O'zbekiston ovozi” ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing