Toshkentdagi avtobuslarda 1 yanvardan naqd pul qabul qilinmaydi
Jamiyat
−
07 dekabr
76322025 yil 1 yanvar kunidan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda avtobusda yo‘l haqini naqd pul orqali to‘lovchilar bekatlarda va ular yaqinida o‘rnatilgan barcha to‘lov qurilmalari orqali bir martalik chipta xarid qilishi mumkin bo‘ladi.
“Yo‘l haqini tez va arzon to‘lash uchun esa elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishingizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent shahrida avtobus va metro uchun naqd puldagi yo‘lkira narxi oshirilishi kutilayotganligi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga ko‘ra, naqd to‘lov bilan bir martalik yo‘lkira narxi – 3000 so‘m, elektron to‘lov tizimi orqali to‘langanda esa – 1700 so‘m qilib belgilangandi.
LiveBarchasi