Toshkentdagi asosiy yo‘llardan biri vaqtinchalik yopiladi
Jamiyat
−
21 noyabr 2025 5263 1 daqiqa
Bugun, 21 noyabr kunidan boshlab Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining ma’lum bir qismi vaqtinchaga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
(1).jpg)
Qayd etilishicha, Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Beshqayrag‘och ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida 21 noyabr soat 20:00 dan 24 noyabr soat 06:00 gacha bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi.
“Haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr