Toshkentdagi asosiy ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan uning ayrim qismlari vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha, shuningdek, Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qism bugun, 16 oktyabr soat 16:00 dan 20 oktyabr soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopilgan.

Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlaridan o‘tuvchi yo‘llarning ma’lum bir qismi ta’mirlash ishlari ortidan 8 oktyabr kunidan boshlab 20 oktyabr kunigacha transport vositalari uchun yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Taras Shevchenko ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing