Toshkentdagi asosiy ko‘chalardan biri 3 kunga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli uning ma’lum bir qismi 3 kunga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 sentyabr soat 17:00 dan 29 sentyabr kuni soat 07:00 gacha ko‘chaning Janubiy vokzal – Sergeli (“O‘zgarish” ko‘prigi) yo‘nalishida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

“Shu munosabat bilan haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-30 sentyabr kunlari Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi issiqlik tarmoqlarining ayrim qismi almashtirilishi sababli yopiq bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha Shota Rustaveli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing