Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10 kunga yopiladi

Jamiyat

−

image

Toshkent shahridagi Komil Yashin ko‘chasida avtomobillarda harakatlanish 10 kunga cheklanadi. Bu haqda “Veolia Energy” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2026-2027 yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida bugun, 8 oktyabrdan 10 kun muddatga Komil Yashin ko‘chasining Shota Rustaveli va Bog‘ibo‘ston ko‘chalari oralig‘idagi qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Bildirilishicha, ishlar doirasida 400 mm diametrli 590 metr uzunlikdagi quvurlarni almashtirish rejalashtirilgan. Ta’mirlash ishlari davomida mazkur hududda avtotransport vositalarining harakatlanishi cheklanadi.

Haydovchilardan ushbu vaqtinchalik cheklovni inobatga olish, yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va imkon qadar boshqa yo‘llardan foydalanish so‘raladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing