Toshkentdagi 81 maktabga qo‘shimcha kvota ajratildimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” keng jamoatchilikni e’tirozlari va muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.

Ma’muriy reglamentga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Muhokamalar joriy yilning 5 avgustida yakunlanganidan so‘ng hujjat loyihasini yanada takomillashtirish maqsadida mutaxassislar tomonidan ota-onalarning bildirilgan takliflari o‘rganilmoqda. Ayni vaqtda asosli takliflar inobatga olinib, tasdiqlash uchun tayyorlanmoqda.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, 81 ta umumta’lim muassasasida hozirgi kunda o‘quvchilar soni sig‘imiga nisbatan 2-3 barobar ortib ketganligi, sanitar-gigiyenik me’yorlarga mos kelmasligi, o‘quvchilar 2-3 smenada ta’lim olishlari, sinflarda o‘quvchilar soni 45-50 nafarga yetib kelganligi bois, ushbu maktablarda o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha reglament ishlab chiqilgan edi. Mazkur maktablar Toshkent shahridagi barcha maktab yoshiga yetgan o‘quvchilarni qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Ushbu maktablarda qo‘shimcha kvota ularning qabul qilish imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi, barcha maktablarda ham qo‘shimcha kvota belgilanmasligi mumkin. Chunki 81 ta umumta’lim muassasalarining aksariyatida maktab quvvati mikrohududidagi maktab yoshiga yetgan bolalarni qabul qilishga yetadi. Ularda qo‘shimcha kvota uchun imkoniyati (maktab sig‘imi) mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Avval xabar berganimizdek, yangi loyihada qo‘shimcha kvota asosida pullik qabul bekor qilinmoqda. 

Ayni kunlarda Davlat xizmatlari markazida 70 foizdan ortiq ota-onalar pullik qabul bo‘yicha navbatga turishayotganligi va markaz xodimlaridan pullik qabul qilishni talab qilishayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Vazirlik ota-onalarni yana bir bor rasman qo‘shimcha kvota pullik asosida amalga oshirilmasligi haqida ma’lum qildi. Xalq ta’limi vazirligi aholidan Davlat xizmatlari markaziga qo‘shimcha kvota pullik qabul uchun navbatga turmasliklarini, o‘zlarining biriktirilgan mikrohududdagi maktablarga yoki davlat xizmatlari orqali qabul jarayonlari amalga oshirilmaydigan Toshkent shahridagi boshqa 228 ta maktablarning biriga joylashtirishni tavsiya etdi.

Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinmaydigan Toshkent shahrida 228 ta maktabda qabul jarayonlari davom etyapti. Ularga 36473 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan va bugungi kunga qadar 12 469 nafar o‘quvchi o‘rni mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

maktab reglament

Baholaganlar

22

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing