Toshkentdagi 80 ga yaqin maktabga bolalar qabuli DXM yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
5462O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, qo‘yidagi maktablarga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Maktablar ro‘yxati:
Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 293-son maktablariga;
Mirobod tumani 31, 60, 94, 110, 125, 263-son maktablariga;
Mirzo Ulug‘bek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablariga;
Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablariga;
Sergeli tumani 6, 7, 300-son maktablariga;
Uchtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablariga;
Chilonzor tumani 101, 103, 164, 168, 178, 184, 195, 217, 280-son maktablariga;
Shayxontohur tumani 19, 34, 42, 59, 169, 180, 314-son maktablariga;
Yunusobod tumani 5, 17, 43, 51, 86, 97, 98, 235, 246, 257, 260, 272, 302, 313-son maktablariga;
Yakkasaroy tumani 89, 91, 144, 160-son maktablariga;
Yashnobod tumani 61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son maktablariga.
LiveBarchasi