Toshkentdagi 6-sonli tug‘uruqxona karantinga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruqxona joriy yilning 5 aprel kuni karantinga yopildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir kishida koronavirus aniqlandi. Shuning uchun tug‘ruqxona majmuasi 14 kunga karantinga butunlay yopildi. Barcha bemorlar, tuqqan ayollar, bolalar va personal tibbiy kuzatuvga olinadi. 14 kunlik karantindan keyin tug‘ruqxona personali, mijozlari, bolalar orasida koronavirus infeksiyasi yo‘qligi aniqlansa, karantin bekor qilinadi”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 30 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing