Toshkentdagi 5 ta mahalla va 4 mavzeda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2020
7033Joriy yilning 5 oktyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:
• “Ahil” mahallasida;
• “Beshqo‘rg‘on” mahallasida;
• “Obi hayot” mahallasida;
• “Moyariq” mahallasida;
• “Yangi Toshkent” maxallasida;
• Beshqo‘rg‘on 1, 2, 3, 4- mavzelarida.
Suv bo‘lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.
LiveBarchasi