Toshkentdagi 2 ta metro bekati 3 oyga yopiladi
Jamiyat
−
30 may 15881 2 daqiqa
Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oralig‘i bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun joriy yilning 8 iyun sanasida boshlab, 2 ta bekat “Turon (13-bekat) - Qipchoq (14-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Live
Barchasi