Toshkentdagi haydovchilar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxtda qor yog‘ayotgani sabab yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida haydovchilardan harakat qoidalariga qat’iy amal qilish, tezlikni oshirmaslik va oraliq masofani saqlashni so‘radi.

“Ayni damda poytaxtimiz Toshkent shahrida qorli ob-havo kuzatilayotganligi sababli yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida:

  • yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingizni;
  • oraliq masofani saqlab;
  • tezlikni belgilangan me’yordan oshirmay;

yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarni hurmat qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

Shu bilan birgalikda, avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslik va maxsus turargohlarda transport vositalarini saqlash so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing